Paxta, chigitli paxta

Paxta, chigitli paxta — g’o’zaning tola va chigitdan iborat asosiy mahsuloti. Paxta tozalash korxonasida P.ga dastlabki ishlov berish jarayonida chigitdan, avval, to’qimachilik sanoati- ning ehtiyoji uchun asosiy mah-sulot — tola (uz. 20 mm dan uzun) AJ-ratib olina- Di. Shuning uchun butun du-nyoda P. tola- ning sifatiga qarab baholanadi. Keyin chigitdan kimyo va mahalliy sanoat korxo- nalarida qo’lla-niladigan lint (momiq) (uz. 20 mm dan kam) olinadi. Texnologik uskunalarda P.ni kayta ishlash va tolani tozalash jarayonida ulik (pishib etilma- gan kalta tolali puch chigit, chigallashgan tolalar) va kalta P. momig’i (uz. 5,0 mm dan kam) chiqadi. P.da 30— 35% tola va 50-55% chigit (chigitida 24-29% moy), 2-3% ulik tola, 3— 5% kalta momiq bo’ladi. G’o’zaning se-lektsion navi va tolaning yo’g’on-ingichkaligiga qarab P., o’rta tolali va uzun tolali turlarga bo’linadi. P. qo’lda va mashina b-n teri- ladi. P. tolasining pishib etilganlik koeffisienta va tashki ko’rinishi, rangi bo’yicha 5 sanoat naviga va iflos aralash- malarning mikdori hamda na-mligiga qarab 3 sinfga bo’linadi. P. navi tashqi ko’rinish namunasi — paxtaning standart namunalariga solishtirib (klasser usulida), bu usul qanoatlanarli bo’lmasa, lab. usulida pi- shib etilganlik koeffisienti bo’yicha aniqlanadi. To’qimachilik, yog’moy, gidroliz, kimyo sanoati va xalq xo’jaligining boshqa tarmoqlari uchun xom ashyo bo’lib xizmat qiladi (q. Paxta tolasi). Vohid Rakipov, Umar Azizxo’jaev.