PEDAGOGIKA FANLARI IL MIY TADQIQOT INSTITUTI

PEDAGOGIKA FANLARI IL MIY TADQIQOT INSTITUTI, T. N Qori-Niyoziy nomidagi O’zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institut i — ped. nazariyasi va tarixi, ta’lim nazariyasi va metodikasi, xusu- siy metodika sohasida ilmiy pedagogik tadqiqotlar olib boradigan muassasa. O’zR Xalq ta’limi vazirligi Karamo- g’ida. 1929 y. 17 yanv.da Samarqandda O’zbekiston davlat i.t. in-ti sifati- da tashkil etilgan. 1931 y.dan Toshkent sh.da. Shu yili O’zbekiston madaniy qurilish in-tiga, 1934 y.dan O’zbekiston Ped. fanlari i.t. in-tiga aylan-ti- rilgan (1939-41 y.larda O’zbekiston Maktablar i.t. in-ti, 1941-46 y.larda Respublika maorif xalq komissarligi- ning metodik boshqarmasi sifatida fao- liyat ko’rsatgan). In-tning Qoraqalpog’iston filiali (1967 y. tashkil etilgan) bevosita regi- on ta’limining dolzarb muammolarini tadqiq etadi. In-t tarkibida aspiran- tura (1960 y.dan) va doktorantura (1994 y.dan) mavjud bo’lib, ular orqali mamla- katimiz va qo’shni davlatlar uchun ilmiy pedagog kadrlar tayyorlab kelinmoqda. In-t huzurida ped. nazariyasi va tari- XI, xususiy metodika sohalaridan fan nomzodi va fan dri ilmiy darajasini himoya qilish bo’yicha ixtisoslashgan ken- gash (1996 y.dan) faoliyat ko’rsatadi. In- tning oliy organi uning ilmiy kengashi. In-tda ta’lim mazmunini isloh qilish, umumiy o’rta ta’lim, akade- mik lisey, kasb-hunar kollejlarining sohalari bo’yicha davlat ta’lim Stan- dartlari, maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo’yiladigan davlat talablari ishlab chiqilgan. Mazkur Stan- dartlarni hayotga tatbiq etish bo’yicha o’quv dasturlari, darelik va qo’llanmalar tayyorlangan. In-t faoliyati S. Rajabov, E. Qodirov, M. Xamroev, A. Zunnunov, E. Turdiqulov, S. K. Annamuratova, Y. AB- dullaev, R. Usmonov va b. olimlar nomi b-n bog’liq. In-t 2003 y.dan boshlab fan va texno- logiyalar markazining davlat buyurtmasi- ga binoan, bir qator ilmiy yo’nalishlar bo’yicha fundamental, ilmiy-amaliy va innovasion tadqiqotlar olib bormoqda.