Pekarsimonlar

Pekarsimonlar (Tayassuidae) -kavsh qaytarmaydigan juft tuyoqlilar oilasi. Uzunligi 100 santimetrgacha, vazni 30 kilogrammgacha, bo’yi 44-57 santimetr. Tashqi qiyofasi cho’chqaga o’xshab ketadi; oyoqlari ingichka, orqa oyoqlari 3 barmoqli. Oshqozoni 2 bo’lmadan iborat. Gavdasi orqasida muskus tipidagi bezi bor. 2 urug’i, 3 turi amerika qit’asida, asosan, shimoliy Amerikaning Janubiy-g’arbiy qismida, Markaziy va Janubiy Amerikada tarqalgan. Poligam, o’rmonlarda poda bo’lib yashaydi. Har xil oziqlanadi. 1— 2 ta bola tug’adi. Bo’g’ozlik davri 142— 158 kun. Go’shti va terisi uchun ovlanadi. 1 turi xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.