Pele

Pele (Pele) (haqiqiy ismi Edson Arantis du Nasimentu; do Nascimento) (1940.21.10, Tres-Korasoyns, Minas-Je-Rays shtati) — braziliyalik futbolchi. 3 karra jahon chempioni (1958, 1962, 1970). 1956-74 yillarda «Santos» klubida, 1957-70 yillarda Braziliya terma jamoasi tarkibida o’ynagan. «Santos» futbolchilari bilan birga Janubiy Amerika chempionlari kubogi va qit’alararo kubok egasi (1962, 1956). 1957 — 77 yillarda 1300 ga yaqin to’p (futbol tarixida rekord natija) kiritgan. «Futbol qiroli» nomi bilan mashhur. Turli mamlakatlarda unga bag’ishlab 90 dan ortiq qo’shiq to’qilgan. «Mening hayotim va ajoyib o’yin» (1977) kitobining muallifi.