Perisikl
Perisikl (peri… va Yun. Kyklos — doyra), perikambiy — o’simliklar ildizi, ba’zan poyasi birlamchi meri- stema hujayralari qavati. P. Epiderma ostida joylashgan, o’tkazuvchi tsilindrni o’rab turadi. Bir yoki bir necha qavat Pa- renxima hujayralaridan ibo-rat. Bir- lamchi ildiz P.idan yon ildizlar hosil bo’ladi. Birlamchi tuzilgan ildizlarda (ikki urug’pallalilar) P. Hujayralari yordamida kambiy umumiy halqaga tuta- shib, zaxira oziq to’planadigan ildiz nurlarini hosil qiladi. Bu nurlardan qo’shimcha ildizlar va kurtaklar vujudga keladi. P.dan yo’g’onlashgan ildizlarda periderma hosil qiluvchi fellogen shak- llanadi. Poyada P.dan mexanik to’qima va turli mod-dalar ajratib chiqaradigan har xil tuzilmalar paydo bo’ladi. Ba’zi o’simliklar (kanop, kendir, zig’ir) P.ida hosil bo’ladigan lubdan lub tolasi oli- nadi.