Perm viloyati

Perm viloyati – RF tarki- bidagi viloyat. 1939 y. 3 okt.da tashkil etilgan. Sharqiy Evropa tekisligining shim.-sharqi va O’rta hamda shim. Ural- ning g’arbiy yon bag’irlarida joylashgan. P.v. tarkibiga Komi-permyaklar Muxtor okrugi kiradi. Mayd. 160,6 ming km2. Aholisi 2824,4 ming kishi (2002), aso- san, ruslar (83,9%), shuningdek, tatar (4,9%), komi-permyak (4,0%), boshqird (1,7%), ukrain (1,5%), udmurt (1,1%) va b. millat vakillari ham yatshaydi. Shahar aholisi -76,3%. P.v.da 30 ma’muriy tuman, 24 shahar, 52 shaharcha bor (Komi- Permyaklar Muxtor okrugidan tashqari). Markazi — Perm sh. Boshqa yirik shaharlari — Berezniki, Solikamsk. Viloyat hududining er yuzasi, aso- san, o’r-qirli tekislik. Sharqida tog’ etaklari va O’rta va shim. Ural tog tiz- malari bor. Eng baland joyi 1469 m. Jan,-sharqida karst rivojlangan (kun- gur g’ori). Foydali qazilmalari: neft, gaz, kaliymagniy tuzlari, osh tuzi, torf, toshko’mir, xromit. Iqlimi mo»tadil kontinental. Kishi qorli, davomli, yozi mo»tadil iliq. Yanv.ning o’rtacha t-rasi -15° dan -18° gacha, iyulniki 16-18°. Yillik yog’in 450 mm dan (Jan.-g’arbda) 800 mm gacha (shim.-sharkda). Vegetasiya davri 145-165 kun. Asosiy daryolari — Kama va uning irmoklari. Kama va Vo- tkinsk suv omborlari bor. P.v. o’rta va Jan. tayga aralash o’rmonlari zonasida joylashgan. Tupro- gi, asosan, podzol va chimli podzol tu- proklar. Jan.-g’arbini kungur o’rmonli dashtining bir qismi egallagan. Vilo- yat hududining 60% ni o’rmonlar tash- kil etadi. Hayvonlardan tiyin, Kolo- nok, o’rmon suvsari, norka, tulki, oq tovushqon va b. uchraydi. Basegi, Vishe-ra qo’riqxonalari tashkil qilingan. Asosiy sanoat tarmoklari: mashi- nasozlik (mudofaaga mo’ljallangan, shu jumladan, raketa-kosmik texnika- si, neft, gaz, toshko’mir, o’rmon va tsel- lyuloza-qog’oz sanoati uskunalari: tur- Boburlar va burg’i shtangalari, kon elek- trovozlari, lentali konveyerlar, o’rmon yog’och yuklagichlari, elektr va benzomotor arralar, yuk ortuvchi mashinalar, dare ke- malari, kabel mah-sulotlari, turboge- neratorlar, elektrodvigatel va elektro- nasoslar, avia-dvigatellar hamda elek- tromikser, kir yuvish mashinalari, mag- nitofon, velosiped, telefonlar va b.), kimyo va neft kimyosi (viloyatda Rossiya mineral o’g’itlarining 30% ga yaqini, ka- ustik va kalidiyli soda, sintetik smo- lalar, lok-bo’yoklar), o’rmon, yog’ochsozlik va tsellyuloza-qog’oz (Rossiyada ishlab chiqarilayotgan qog’ozning 15% ga yaqini hamda fanera, karton, gulqo-g’oz, pixta yog’i va b. ishlab chiqariladi). Shuningdek, qora va rangli metallurgiya, qurilish materiallari (tsement, g’isht, oyna) i.ch., engil (Rossiyada ishlab chiqarilayotgan ipak gazmollarning 25% ga yaqini) va oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Neft, toshko’mir, olmos, oltin qazib olinadi. Yoqilg’i va neft kimyosining eng yirik korxo-nalari: «LUKOYL—Permneft», Lukoyl — Permnefteorgsintez, «Perm- neft» (Perm sh.) va «Kizel-ugol» bir- lashmalari. Permda «Goznak» f-kasi ish- lab turibdi. Asosiy sanoat markazlari — Perm, Berezniki, Solikamsk, Chay- kovskiy, Lisva, Chusovoy, Krasnokamsk, Kungur va b. Votkinsk va Kama GESlari, Perm va Yayva GRES lari bor. Q.x.ning etakchi tarmog’i — chorvachi- lik (sut-go’sht chorvachiligi, cho’chqachilik, parrandachilik; qo’y va echki ham boqiladi). Don ekinlari, kartoshka, sab- zavot, ozuqa, texnika ekinlari ekiladi. Kama daryosida kema katnaydi (asosiy portlari — Perm, Solikamsk, Berezni- ki). Avtoyo’llar zichligi 54 km/ming km2 (1997). T.y. bor. 7 oliy o’quv yurti, teatr, badiiy ga- lereya, o’lkashunoslik muzeyi, Kama suv ombori sohilida Xoxlovka yog’och me’mor- ligi muzeyi faoliyat ko’rsatadi.