Pernambuku
Pernambuku — Braziliyaning shim,-Sharqiy qismidagi shtat. Mayd. 98,9 ming km2. Axrlisi 7,9 mln. Kishi (2000). Ma’muriy markazi — Resifi sh. Yirik sha-harlari: Orlinda, Jabuatan, Kabu, Karuaru. Shtatning katta qismini o’r-qirli plato (eng baland joyi 1100 m) egallagan bo’lib, u sharqqa tomon zi- na-poyasimon pasayib boradi. Iqlimi subekvatorial, sohil qismida issiq. va sernam, platoda qurg’oqchil. O’rtacha oylikt-ra24—26°. Yillikyog’in 1700— 2000 mm, plato qismida 500 mm. Asosiy da-ryosi — San-Fransisku. Iqtisodiyotida q.x. etakchi tarmoq: shakarqamish etishtirish va paxtachilik- ka ixtisoslashgan. Shuningdek, si-zal, tamaki, maniok, makkajo’xori, kofe, ka- Kao, sholi va b. ekinlar ekiladi. Chor- vachilikda echki, qoramol, cho’chqa, qo’y, ot boqiladi. Yovvoyi kokos palmasi yong’og’i yig’iladi. Sanoati kam rivojlangan. Asosan, oziq-ovqat va ip-gazlama kor- xonalari mavjud. Uncha katta bo’lmagan tsement, mashinasozlik, ko’n-poyabzal, farmasevtika korxonalari faoliyat ko’rsatadi. Gips, fosforit, oltin, as- Best, tuz konlari topilgan. Yirik dengiz porti — Resifi.