Peru g’o’zasi
Peru g’o’zasi, Janubiy Ameri- ka g’o’zasi, si-Aylend go’zasi (Gossypium barbadense L.) — madaniylashtirilgan g’o’za turi. Genomi (AD)2, xromosomalar soni 2p=52. K. Linney ta’riflab ber- gan (1753). Jan. Amerikada (Peru, Bo- Liviya, shim. Braziliya, Ekvador, Kolum- biya), Misr, Sudan, Nigeriyada tarqalgan. P.G’.ning madaniylashtirilgan shakllari ko’pgi-na mamlakatlarda uzun tolali g’o’za navlari sifatida ekiladi. P.G’. — Yi-rik yoki o’rtacha monopodial va mayda simpo- Dial buta. O’simlik poyasi tuk-siz yoki kam tukli bo’lib, qalin, qora smola bezchala- ri b-n qoplangan, qoramtir yoki to’q qizil bo’ladi. Barglari o’rtacha yoki yirik, 3-7 bo’lmali. Barg bo’lmalari tuxumsimon — uchburchakli, ko’pincha qayiqchasimon va kamdan-kam tekis bo’ladi. Yon bar- glari nashtarsimonchiziqli, yuqoriga yo’nalgan. Gullari yirik, gulbargi li- monrang, asosida yirik to’q qizil dog’i bor. Kosachasi yirik, to’lqinsimon yoki tekis bo’ladi. Gu-lyonbarglarida 10-15 ta uzun chiziqli tishlari bor. Ko’saklari mayda yoki o’rtacha kattalikda, tuxumsi- mon-konus shaklida, ba’zan ancha uzunchoq, 3-4 chanokli bo’ladi. Ko’sagining sir- ti to’q yashil, mayda chuqurchali, yaltiroq aniq ko’rinadigan qora bezchalari bor. Har bir chanog’ida 5-6 tadan chigit bo’ladi. Tuki oq, qo’ng’ir yoki ko’m-ko’k, o’rtacha uzunliqsa, chalkashib ketgan. To- lasi och sariq, ba’zan oq, ingichka, uzun, ipaksimon. P.G’.ning tur ichidagi barcha xillarini F. M. Mauer 4 ta evolyusion gu-ruhga yoki kenja turga bo’ladi (1954): qadimiy yov- voyi — darvini kenja turi [ssp. Darwini (Watt.) Mauer]; yarim yovvoyi yoki ruderal — ruderale kenja turi (ssp. Ruderale Mauer); madaniy-tropik — vitifolium kenja turi [ssp. vitifolium (Lam.) Mauer]; madaniylashtirilgan navlar — eubar- badenze kenja turi (ssp.eubarbadense Mauer). P.G’.ning tropik formalari fo- todavriy o’zgarishlarga qat’iy ta’sir- Chan bo’lib, issiqni yoqtiradi, kechpishar, kuz-qish-baxrr oylarida hosil beradi. Madaniylashtirilgan subtropik shak- llari fotodavriy o’zgarishlarga unchalik ta’sirchan emas, qurg’oqchilikka chidamli, tezpishar bo’lib, yoz oylarida hosil be- radi. Ko’pchilik shakllari fuzarioz vilt b-n kasallanadi, ver-tisillyoz vilt b-n kamdan-kam zararlanadi yoki mutlaqo za- rarlanmaydi. Nihollari ildiz cherish kasalligiga, darvini shakli esa sho’rga chidamli. Yovvoyi shakllarining chigiti — toshchigit. Ko’pchilik madaniy navlar- ning chigiti yaxshi sharoitda saqlansa, unib chikish qobiliyatini 10 y. va undan ham uzoqroq muddatgacha yo’qotmaydi. P.G’. Meksika va chalkash tukli g’o’zalar b-n erkln chatishib, meva beradigan dura- gaylar hosil qiladi; xarkness, Raymond, Hindixitoy, Stoke va b. g’o’zalar b-n cha- tishtirib olingan duragaylari bepusht bo’ladi. Klossh, davidzon turlari b-n qiyin chatishadi, ammo ulardan olingan duragaylari unib chiqishi b-n no-bud bo’ladi. P.G’.ning namunalari qimmatli genetik fond hisoblanadi va ulardan tola-sining texnologik sifati » yuqori bo’lgan ingichka tolali g’o’za navlarini yaratishda foydalaniladi. Yana q. Ingich- ka tolali g’o’za. Ad.: Mauer F. M., G’o’za, 1-j., T., 1954; Jukovskiy P. M, Kulturnie rasteniya i IX sorodichi, 3 izd., L., 1971; ter- Avanesyan D. V., Xlopchatnik, L., 1973. Abdumavlon Abdullaev.