PERUS

PERUS (Perutz) Maks Ferdinand (1914.19.5 Vena — 2002.6.2) — ingliz biokimyogari (asli avstriyalik). 1936 y.dan Kembrij un-tida ishlagan. Lon- don Qirollik jamiyati (1954), Ame- Rika san’at va fan akademiyasi (1963), Avstriya FA (1963) akad., Kembrij un- tining molekulyar biologiya lab.si Mudi- ri (1962 y.dan). Asosiy ilmiy ishlari molekulyar biologiya b-n bogliq. Izomorf almashtirish (og’ir metallar atomlarini oqsil molekulasiga kiri-tish) metodini ishlab chiqqan (1953). Rentgenstruktura- viy taxlil qilish, izomorf almashtirish usullari hamda kompyuter texnologiyasi yordamida gemoglobin molekulasi struk- turasini aniklagan va uning modelini yaratgan (1960). Nobel mukofoti laurea- ti (1962, J. K. Kendryu b-n qamkorlikda).