Petrosova Elizaveta Artyomovna

Petrosova Elizaveta Artyomovna (1913. 14.8, hoz. Marg’ilon), Lizaxonim — raqqosa, baletmeyster. Qoraqalpoqsah- na raqsining asoschilaridan. O’zbekiston va Qoraqalpog’iston xalq artisti (1957). Qoraqalpoq ashula va rake ansamblining tashkilotchisi (1956). Tamaraxonim va Gavhar Rahimovaning singlisi, Yayra Abdullaevannj onasi. Usta Olim Komi- lov va opalaridan o’zbek raqsi va rit- mlarini o’rgangan. Ijodiy faoliyatini Andijon te-atrida raqqosa va aktri sal i kdan boshlagan (1929). Osiyo («Arshin- mol-olon»), qum-rixon («o’rtoqlar»), Qunduzxon («niqob yirtildi») kabi obrazlarni yaratgan. 1933-36 y.larda Samarqand teatrida, 1936-38 y.lar O’zbek davlat musiqali teatrida, 1938— 56 y.lar Uzbek davlat filarmoniya- sida, urush yillari g. Rahimova rah- barligidagi o’zbek xotin-qizlar front ansamblida raqqosa va baletmeyster. 1956-65 va 1967-70 y.lar Berdaq no- midagi Qoraqalpoq Davlat Filarmoni- yasida baletmeyster va badiiy raxbar. 1985 y.dan 3. G’anieva nomidagi front kontsert brigadasi ansamblida. «Nozi- gim», «gul bargi», «pilla», «Sadr», «Ufori soxta» kabi raqslarni Mohiro- na ijro etgan. «Qashqar qizlari», «Far-g’ona qizlari raqsi», «Siynaxi- roj» singari raqslarni, «Qoraqalpoq to’yi» raqs-syuitasi, 70 dan ortiq yakka va ommaviy ijro etiladigan («qiz uza- tish», «baliqchilar», «ilme Sulton», «Cho’ponlar», «oq oltin», «qirq qiz» va b.) qoraqalpoq raqslarini va spektakllar («Suymaganga suykanma», «G’ariboshiq» va b.) dagi raqslarni sahnalashtirgan. Berdaq nomidagi Qoraqalpog’iston dav- lat mukofoti laureati (1969). Ac: Qoraqalpoq raqsi, T., 1976.