PEZOKVARS
PEZOKVARS (Yun. piezo — bo- saman va kvars) — begona minerallar, gaz va suyuq qo’shimchalar, darzlik va qo’shalokliklardan holi rangsiz va rang- li kvars kristallari, ularning bulakla- ri. P.ning qo’llanishi uning pezo-elek- trik xossalari (to’g’ri va teskari pezo- effekt)ga asoslangan. Radiotexnika, ul- tratovush gidroakustikasi va defekto- skopiyada, gaz, suyuklik va kat-tik jism- lar xossalarini o’rganishda, bosim, kuch tezlanishi va vibrasiyalarni o’lchash uchun pezometriya va b.da keng qo’llaniladi. P.dan tayyorlangan plastinkalar pezoe- lektrik rezona-torlar — stabilizator- lar, radiochastota, telefon va telegraf filtrlari va b.da ishlatiladi. Texnik talablari: kristallarda istalgan Yuna- lishdagi kesmada ulchamlari 12x12x1,5 mm dan kam bo’lmagan P. plastinkala- rini tayyorlash uchun yarokli nuqsonsiz monokristall joylarining mavjudligi (monoblastlar). Monoblastlarning foiz tarkibi bo’yicha P.larning navlari AJ- ratiladi. Kvarsning ultrabi-nafsha nurlarida yuqori shaffoflik-ka ega bo’lgan toza, nuqsonsiz kristallari (tog’ billuri) optika sanoatida ishlatiladi. Kvarsning kam nuqsonli kristallari- dan maxsus kvars oynasi i.ch. uchun xom ashyo sifatida foydalaniladi. P. kvars, kvars-dala shpati va kvars-karbonatli tomirlardagi bo’shliqlarda hamda kame- rali turkumdagi granitli pegmatitlar- dagi kvars ajratmalarida eng ko’p uchray- Di. P.ning yirik sochma konlari mavjud. Kristallarining hosil bo’lishi, asosan, gidrotermal va gidrotermal-metasoma- tik jarayonlar b-n bog’liq.