Pilla

Pilla — 1) ko’pgina hasharotlar g’um-bagining himoya qobig’i. Odatda, P.ni lichinka g’umbakka aylanishdan ol- din ajratgan ipakdan to’qiydi. Mac, pisha o’rovchilar, kuyalar va b. P.si. Ta- laygina qo’ng’izlar (mas, uzuntumshuq qo’ng’iz)ning lichinkasi P.ni o’zi AJ- ratgan shilimshiqdan yasaydi. Ba’zi hasharotlar (mas, xaltachali kapalaklar) g’um-bagining rivojlanishi lichinka yashagan g’ilofda davom etadi. Ko’pchilik pashshalarning soxta P.si lichinka tash- lagan po’stdan iborat. Yomg’ir chuvalchangi, zuluklar, o’rgimchaklar va ayrim mollyuskalar tu- xumi tuxum-P. ichida rivojlanadi; 2) ipak qurtining g’umbakka aylani- shidan oldin hosil qiladigan qobig’i; tabiiy ipak olinadigan xom ashyo. Tut ipak kurti P.sining sanoat ahamiyati katta, shuningdek, Xitoy eman ipak qurti, aylant ipak qurti P.laridan ham xom ashyo sifatida foy-dalaniladi. Ipak qurtlari o’zidan fibroin, Seri- Tsin (yopishqoq modda), pigment va b. moddalardan iborat ipak chiqarib, o’z tanasi atrofida kavatmaqavat qilib (40 qavatgacha) P. o’raydi. P., asosan, qobiq, g’umbak va g’umbak-ka aylanish davrida qurt tashlagan teridan iborat. Tirik g’umbakli P. og’irligining 14-24%ni P. qobig’i, 75— 85% ni g’umbak, 0,5%ni qurt tashlagan pust tashkil etadi. Bir dona P.dan o’rtacha 600-800 m ipak tola- si olinadi. Kurt zoti va u ni boqish sha- roitlariga qarab P. uzunligi 16 mm dan 46 mm gacha, eni 12 mm dan 24 mm gacha, ti- rik (g’umbagi o’ldirilmagan) P. og’irligi 1,2—3 g, quruq P. og’irligi 0,3— 1,3 g bo’lishi mumkin. Tut ipak qurti P.si tuxumsimon, tsilindrsimon yoki urchuqsimon: oq, oqkulrang, sariq, pushti va ko’kish bo’la- Di, suv o’tkazmaydi. Tortiladigan P. kapalak ochmasligi uchun issiq havo yoki bug’b-n ishlanib, g’umbagi o’ldiriladi, saklashda buzilmasligi uchun kuri-ti- ladi. Tirik va quruq P. Saralanmagan navli P. aralashmasiga (1, 2-navli va 10% dan ortiq bo’lmagan Navsiz P.lar), Navsiz P.larga va qorapachoqqa ajrati- ladi va alohidaalohida qabul qilinadi. 1, 2 – navli P.dan kalava holidagi xom ipak, Navsiz P.dan ipak ip olinadi. P. g’umbagi mo’ynachilik fermalaridan hayvonlarga ozuqa sifatida beriladi. Naslchilik ishlari uchun P. ipak kur- ti tuxumi zavodigy yuboriladi. P.ni me- xanik apparatlarda issiq havo b-n dim- lash va quritish keng tarqalgan. Ipak tolaning oz yoki ko’p chiqishi ipak kurta zotiga va P. sifatiga bog’liq (q. Ipak). Zohidjon Obidjonov.