Pilta mashina

Pilta mashina — bir necha piltadan unga qaraganda ancha yuqori va tekis mahsulot — pilik olinadigan mashina; yigirish jarayonining asosiy mashinasi. Cho’zish asbobi, urchuq va g’altakdan iborat. Pilta g’altakdan bo’shalib, cho’zish asbobiga keladi. Odatda, cho’zish asbobi 3-4 ta valiklar juftidan iborat bo’ladi. Har qaysi juft oldingisidan tezroq aylangani uchun ular orasidan o’tayotgan pilta cho’zilib ingichkalashadi va tekislanadi. Keyin urchuq dugida pishitilib, pilik tarzida g’altakka o’raladi. Qo’shiladigan piltalar soni qancha ko’p bo’lsa, olinadigan mahsulot (pilik) shuncha tekis va sifatli chiqadi. Uzun tolalar — jun, ipak, zig’ir tolalarini yigirishda cho’zish valiklaridan tashqari taroqlar ham bo’ladi. Odatda, mahsulot (pilta, pilik) Pilta mashinadan bir necha marta o’tkaziladi.