Piperidin

Piperidin (geksagidropiridin, pentametilenimin), C5H,,N — rangsiz suyuqlik. Molekulyar modda 85,15. Suyuqlanish temperaturasi -9°, qaynash temperaturasi 106,4° (760 mm sim. ust.). Suv va ko’pchilik organik erituvchilarga yaxshi aralashadi. Suv bilan azeotrop aralashma (qaynash temperaturasi 92,8°, massasiga nisbatan 35% suv) hosil qiladi. Kuchli asos, yog’aminlari xossalarini namoyon qiladi. Degidrogenlanib piridinta aylanadi. Piridinni katalitik gidrogenlab yoki elektr kimyoviy qaytarib olinadi. Katalizator, vulkanizatsiyani tezlatuvchi sifatida, tibbiyotda qo’llanadi.