Pirandello (Pirandello) Luiji
Pirandello (Pirandello) Luiji (1867.28.6, Jirjenti, Agrijento — 1936.10.12, Rim) — italyan yozuvchisi, dramaturgi. 1889 y. birinchi she’riy to’plami, 1901 yilda birinchi romani — «chetlashtirilgan ayol» bosilgan. «Marhum Mitta Paskal» (1904) romani muvaffaqiyatli chiqqan. Unda «qiyofa va niqob» mavzusi yoritilgan. Moddiy tomondan nochor yashagan Pirandello 1915 yil sahnalashtirilgan «Agar shunday bo’lmasa…» pyesasidan so’ng butkul dramaturgiyaga o’tib ketgan. «Olti personaj muallifni qidiradi» (1921) va «Genrix IV» (1922) pyesalari Pirandello ijoining cho’qqisi hisoblanadi. Nobel mukofoti laureati (1934).