Piranograf

Piranograf (Yunoncha rug — olov, apo — yuqorida va …graf) — to’g’ri tushayotgan yoki tarqoq quyosh radiatsiyasi (nuri)ni uzluksiz qayd qilib borish uchun mo’ljallangan asbob. Quyosh radiatsiyasini o’lchaydigan asbob — piranometr va radiasiyani o’z-o’zidan qayd qilib boradigan galvanometrdan iborat. Faqat tarqoq radiasiyani o’lchash uchun Piranograf uchi quyosh nurining to’g’ridan-to’g’ri tushishidan asraydigan halqa ichiga o’rnatiladi. Piranometrda radiasiyani qabul qilish vazifasini ketma-ket tutashtirilgan manganin va konstanta bo’laklaridan iborat termobatareya bajaradi. Quyosh radiatsiyasining mutlaq qiymatini olish uchun Piranograf ko’rsatishlari pirgeliometr bo’yicha tekshiriladi.