Piranometr
Piranometr (Yun. rug — olov, apo — yuqorida va …metr) — yotiq sirt- ga tushayotgan yig’ma yoki tarqoq quyosh ra- diasiyasini o’lchash uchun mo’ljallangan asbob. Quyosh radiasiyasi (nuri) ni qabul qiluvchi sirt sifatida manganin va kon- STANTA polosalarini ketma-ket ulab (kav- sharlab) hosil qilingan termoelektr ba- tareya ishlatiladi. Batareyaning juft po- losalari qorakuya b-n, toq polosalari oq magneziya b-n qoplanadi. Qorakuya quyosh nurini oq magneziyaga nisbatan ko’proq yutgani uchun polosalar o’rtasida t-ralar farqi vujudga keladi, shunda sirtda e. yu. k. hosil bo’ladi. Uning quvvati tushayotgan quyosh radiasiyasiga mutano- sib ravishda o’zgarib turadi. Radiasiya miqdori galvanometr b-n o’lchanadi. Faqat tarqoq radiasiyani o’lchash uchun asbobni to’g’ri tushadigan quyosh nuridan to’sadigan ekran qo’llanadi.