Pirargirit

Pirargirit (Yunoncha pyr — olov va argyros — kumush) — kimyoviy tarkibi Ag3SbS3 dan iborat mineral; tarkibida 59,76% Ag; 22,48% Sb; 17,76% S mavjud. Trigonal singoniyada kristallanadi. Noto’g’ri shakldagi donacha va ularning agregatlari, shuningdek, prizmali kristallik ko’rinishga ega. Rangi to’q qizil, olmos kabi yaltiroq; mo’rt. Qattiqligi 2,5; zichligi 5770-5860 kg/m3. Pirargirit kam tarqalgan mineral. Gidrotermal konlarda past yoki mo»tadil temperaturalarda vujudga keladi. Rossiya Federatsiyasi (Ural, Zabaykale, Uzoq, Sharq), O’rta Osiyo, Chexiya, Meksika, Chili va Boliviyada Pirargirit konlari topilgan. Pirargiritdan kumush olinadi.