Pirey

Pirey — Gretsiyadagi shahar. Pirey nomi (viloyati)ning ma’muriy markazi, katta Afina tarkibida. Aholisi 183 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Egey dengizining Saronikos qo’ltig’idagi muhim tashqi savdo porti. Latakiya shahriga (Suriya) parom qatnaydi. Metallurgiya, mashinasozlik (kemasozlik va kema ta’mirlash, avtomobil yig’ish), kimyo, tsement, to’qimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Antik davr binolari qoldiqlari saqlangan. Dengiz kurorti. Turistlar ko’p keladi. Harbiy-dengiz bazasi.