Piroliz
Piroliz (Yun. rug — olov va …Liz) — pirogenetik jarayonlardan biri; mu- rakkab moddalarni ularga havo bermay (ko’pincha katalizatorlar b-n) yuqori t-ra ta’sirida oddiy moddalarga par- chalash. P. texnikada, mas, neftni qayta haydashda (benzin miqdorini oshirish va aromatik uglevodlardan olish uchun) keng qo’llanadi. Neftni maxsus pechlar- da 600-750° gacha qizdirganda uglevo- dorodgacha bo’lgan mol. m.si kichik bi- rikmalar hosil bo’ladi; ayni vaktda zichlashish reaktsiyasi ro’y berib, mol. m.si yuqori bo’lgan moddalar, aromatic va to’yinmagan uglevodorodlar vujudga keladi. Neft P. kilinganda uglerodli qoldiq, neft koksi va b. hosil bo’ladi. T-ra, bosim va qizdirish davomiyligi P. natijasiga ta’sir kiladi. P. q.h. da ish- latiladigan zaharli kimyoviy vositalar, xalq xo’jaligining turli tarmoqdarida qo’llanadigan uglevodorodlar (yog’och spirti, sirka kislota va b.), qazib oli- nadigan ko’mirlardan koks, gaz va b. olishda qo’llanadi. Sanoatda metall kar- bonillarini P.ga uchratib metall kukun- lari hosil qilinadi. SaSO3 dan kal- tsiy oksidi, ba’zi anorganik tuzlarni pirogidroliz qilish yo’li b-n oksidlar olinadi.