Pirop

Pirop (Yunoncha pyropos — olovsimon) — granatlar guruhiga mansub mineral. Mg3Al2[Si0J3, tarkibida 20,45% MgO bo’ladi. Unga temir, marganes ham aralashgan. Pirop chiroyli to’q qizil rangi bilan ajralib turadi. Ayrim peridotitelar, kimberlitlar, shuningdek, serpentinitlar uchun xos. Piropning qip-qizil, tiniq, shaffof kristallari qimmatbaho tosh hisoblanadi. Yaltiroqligi shishasimon, qattikligi 6,5—7,5, zichligi 3580-3710 kg/m3. Mashhur Pirop koni Chexiyada bo’lib, metamorfizlashgan Magnezial slaneslarda, sochma konlarda keng tarqalgan.