Pistadoshlar

Pistadoshlar (Anacardiaceae) — ikki pallalilar sinfiga mansub da- raxt va butalardan iborat o’simliklar oilasi. 60 turkumi, 500 ga yaqin turi bor. Asosan, tropik va subtropik hududlarda tarqalgan. O’zbekistonda 4 turkumi uchraydi. Shundan 2 tasi (pis- ta va totim) yovvoyi hodda o’sadi; 2 tasi (Cotinus toxicodendron) ekiladi. Gullari to’g’ri, bir yoki ikki jinsli, gul-qo’rg’oni murakkab (ba’zan oddiy), kosacha va gul- tojibarglari 3 yoki 5 ta, changchilari 6 yoki 10 ta. Barglari oddiy yoki murakkab, qaramaqarshi yoki ketma-ket joylashgan. Mevasi — pista yoki yong’oqcha.