Piyozgul
Piyozgul (Lilium), Liliya — Lola- doshlar oilasiga mansub ko’p yillik manzarali va efirmoyli o’simlik tur- kumi. Shim. yarim sharning mo»tadil mintaqalarida 90 dan ortiq turi, 2000 ortiq navi bor. Ayrim turlari hind va Filippin o.larida xam uchraydi. Xushbo’y oq gulli P. (L. candidum), to’q sariqgulli yo’lbars P. (L.tig-rinum), qoramtir xolli to’q qizil jingalak P. (L.mar-tagon^ap eng ko’p tarqalgan. P. manzarali o’simlik sifatida o’stiriladi. Har 3-6 yil- da uyadagi piyozchalarini poyachalari so- niga qarab, bo’lib-bo’lib o’tqazish yo’li b-n ko’paytiriladi. Mayda piyozchalari bahorda, barglar qo’ltig’ida paydo bo’lgan piyozchalar avgustda, urug’i bahorda ochik joyga, kuzda issiqxonaga ekiladi. Ba’zi turlari ildizidan ko’payadi. May-sent. da gullaydi. Oq gulli P.dan efir moyi olinadi.