Plank (Planck) Maks Karl Ernst Lyudvig
Plank (Planck) Maks Karl Ernst Lyudvig (1858.23.4, Kil – 1947.4.10, Gyottingen) — nemis nazariyotchi fizi – gi, kvant nazariya asoschilaridan biri. Berlin FA a’zosi (1894 y.dan). Myun- xen (1874-77) va Berlin (1877-78) un-tlarida o’qigan. Myunxen un-tida o’qituvchi (1880— 85), kil (1885 y.dan) va Berlin (1889 y.dan) un-tlari prof., London Qi roll i k ja-miyati a’zosi (1926). Ilmiy ishlari termodinamika va issiqlik nurlani-~ shiga oid. Termo- dinamikaning ikkinchi qonunini asos- ladi (1879) va ko’pgi-na fizikkimyoviy jarayonlarni echishda, xususan, gazlar va kuchsiz eritmalar dissosiasiyasiga ter- modinamika qonunlarini tatbiq qildi (1883-88). 1900 y.da nur chiqarayotgan tizim — ossillyatorning nurlanishi uzlukli kattalik (hv) ekanligini faraz qildi (bunda v — nurlanish chastotasi, h — ta’sir kvanti yoki Plank doimiysi). P. shu farazga asoslanib, klassik fizi- kaga tatbiq etib bo’lmaydigan mutlaq qora jismning elektromagnit nurlani- shi spektrida energiya taqsimoti (Plank nurlanish krnuni)ni ifodalovchi formu- lani topdi. Plank doimiysining kiri- tilishi kvant fizika rivojlanishining boshlang’ich davri bo’ldi. P.ning nazariy tadqiqotlarida nis- biylik nazariyasiga oid ishlar muhim o’rinni egallaydi. Xususan, u relyati-VI- stik dinamikaning tenglamasini kelti- rib chikardi (1906), termodina-mikani maxsus nisbiylik nazariyasi miqyosida tekshirib, u to’g’risida umumiy xulosa- lar chiqardi. P. fizika me-todologiyasiga doyr juda ko’p ishlar qilgan. U ko’p jildli nazariya fizika kursi muallifi. Nobel mukofoti laureata (1918).