Plankton
Plankton (lot. planktos — sayr qiluvchi) — suv qatlamida yashab, suv oqimi b-n harakatlanuvchi organizmlar majmui. P. tarkibiga o’simliklar (Fi- toplankton), bakteriyalar (bakte-Rio- plankton), hayvonlar (zooplankton) ki- radi. Qo’l P.i limnoplankton, dare P.i potamoplankton deb ataladi. Fitoplan- kton suvning fotosintez qilish uchun za- rur yuqori (50-100 m gacha) katlamida, bakterio – va zooplankton suvning barcha katlamida uchraydi. Dengiz fitoplakto- ni, asosan, Di-atom suvo’tlar, peridini- yalar, kolito-forid xivchinlilardan, chu- chuk suv fitoplaktoni diatom, ko’kyashil va ayrim yashil suvo’tlardan iborat. Chu- chuk suv zooplanktonida kurakoyokli va shoxdor mo’ylovli qisqichbaqasimonlar, og’izaylangichlar, bir hujayralilar; dengiz zooplanktonida har xil qisqichbaqasimonlar, bir hujayralilar, bo’shliqichlilar, taroklilar, bali – klar tuxumi va linchinkasi, umurtqasiz hayvonlar lichinkasi ko’p bo’ladi. O’lchamiga binoan, P. nannoplakton (bak- teriyalar, juda mayda suvo’tlar), mikro- plankton (suvo’tlar, bir hujay-rali hayvonlar, og’izaylangichlar, har xil lichinkalar), mezoplankton (o’lcha-mi 1 sm gacha bo’lgan qisqichbaqasimonlar va b. hayvonlar), makroplanktonlar (o’lchami 1 sm dan bir necha sm gacha bo’lgan mizidlar, krevetkalar, Medu-zalar), megaplankton (yirik hayvonlar, mas, qutb meduzasi — diametri 2 m gacha; Zuxro kamari uz. 1,5 m gacha) ajratiladi. Ko’pchilik P. orga- nizmlarda suvda qalqib yurish uchun gavda nisbiy og’irligini kamaytiruvchi (havo pufaklari, yog’kiritmalari, g’ovak va liqil-doqtana), gavda yuzasini kengayti- ruvchi (gavdaning yassi bo’lishi, turli xil o’simtalar) moslanishlar paydo bo’lgan. Okean fitoplanktoni umumiy massasi (550 mlrd. tonna) zooplanktonga nisba- tan 10 marta ko’proq. Fitoplankton zo- oplankton uchun oziq, suv havzalaridagi oziq zanjirining asosini tashkil etadi (yana q. Bentos).