Plateya

Plateya — Janubiy Beotiya (Gresiya) dagi yunon shahar-davlati. Fivadan Janubroqda joylashgan. Yunon-fors urushlari davrida Plateya yaqinida yunon qo’shinlari fors armiyasini tormor keltirgan (miloddan avvalgi 479 yil 26.9). Afina va Sparta rahbarligidagi 24 yunon shahar-davlatlari qo’shiniga spartalik lashkarboshi Pavsaniy, forslar qo’shiniga Mardoniy qo’mondonlik qilgan. Ushbu mag’lubiyatdan so’ng forslar Yunonistondan gellespoitga chekinishga majbur bo’lishgan. Miloddan avvalgi 427 yil Peloponnes qo’shinlari uzoq qamaddan so’ng Plateyani vayron qilganlar.