Plato

Plato (Fransuzcha platon, plat — yassi, tekis) — yer yuzasi kam parchalangan yassi yoki to’lqinsimon tekislik. Tog’ jinslari gorizontal yotgan strukturali; yer yuzasidagi notekisliklar LAVA bilan to’lgan vulkanli (lavali); denudasion (ko’tarilgan denudasion tekisliklar — peneplenlar va abrazion tekisliklar); tor oralig’idagi botiklarning atrofidagi tog’lar yemirilib to’lishidan hosil bo’lgan tog’li Platolar mavjud.