Platonizm

Platonizm — keng ma’noda — Platon (avvalo uning eydoslar haqidagi) ta’limotiga ergashgan falsafiy oqimlar; butun Yevropa falsafasiga Platonizm bevosita yoki bavosita ta’sir ko’rsatgan. Tor ma’noda — miloddan avvalgi 4-asrdan boshlab yunon falsafasidagi yo’nalish. 3-asrdan Platonizmning asosiy shakli neoplatonizm bo’lib qoldi. O’rta asrlarda Platonizm Aristotelizmga nisbatan deyarli sezilarli rol o’ynamagan. Platonizmga bo’lgan qiziqish Yevropada, xususan, Florentsiyada faylasuf Marsillio Fichino tomonidan Platon akademiyasi tiklangandan (1459) keyin yana jonlanib ketdi. Keyin u Kembrij maktabi orqali Angliyada, nemis falsafasi (Leybnis) tufayli Germaniyada tarqaldi. Hozirgi davrda Platon ta’limotining ko’proq irratsional jihatlari o’rganiladi.