Platina metallari

Platina metallari, platino- idlar — Mendeleev davriy sistemasi- ning VIII guruhiga mansub 6 ta kimyoviy elementdan iborat oila. P.m.ga ruteniy Ru (tartib raqami 44), rodiy Rh (45), palladiy Pd(46) — e n gil P.m., osmiy Os (76), iridiy 1g(77), platina Pt(78) — og’ir P.m. kiradi. Kimyoviy turg’unligi, suyuqlanish t-rasining yuqoriligi va tashqi ko’rinishining ko’rkamligi sabab- li P.m. oltin va kumush b-n bir qatorda no-dir metallar deb ataladi. Er po’stida massa jihatidan platina 5-10^7%, OS- miy 5-10~6%, iridiy 1-10~7%, rute- niy 5-10~7%, rodiy 1-10~7% va palla- diy 1-10~6%ni tashkil qiladi. 100 dan ortiq P.m. minerallari ma’lum. Ular 2 xil: tug’ma palladiy va platina hamda turli qotishmalar. P.m.ning ikkilamchi manbalariga tog’-boyitish korxonalari- ning chiqindilari, ishlatilgan kataliza- torlar va b. kiradi. Palladiy, ruteniy va Rodiyning ba’zi izotoplari uran va plutoniyning parchalanish mahsulotlari tarkibida yadro re-aktorlarida yigila- Di. P.m. — kumush-dek oq yoki kumushsi- mon, qiyin suyuqlanadigan, qiyin uchuv- Chan elementlar. Mexanik xossalariga ko’ra, ular bir-biridan sezilarli Far- klanadi: platina — yumshoq, plastik, uni ingichka sim qilib cho’zish, zar kabi yoyish mumkin; palladiy ham plastik, OS- miy va ruteniy — mo’rt, iridiy — qattiq va mustaxkam. Palladiyning oksidla- nish darajasi +2, platinaniki +2, +4 va +6, iridiyniki +2 va +3, osmiyniki +4, +6 va +8, rodiyniki +3, rute-niyniki +3, +4 va +8. Palladiy (800 hajmgacha) va platina (nisbatan kamroq) ko’p mikdor- da vodorod molekulasini yutish va uni kimyoviy reak-tsiyalar jarayonida atom holida ajra-tib chiqarish xususiyatiga ega. Shu sababli ular organik sintez- larda katalizator sifatida ishlatiladi. P.m. va ularning qotishmalari gidro- genlash, degidrogenlash va oksidlash ja- rayonlarida katalizator, krtishmalarda legirlovchi qo’shimcha sifatida, yuqori t-ralarda qo’llanadigan termo-paralar, qarshilik termometrlari, elektr pechlar qismlari, kimyoviy barqaror idishlar, elektrodlar, tibbiyot asboblari, krpla- malar, zargarlik buyumlari va b. tayyor- lashda ishlatiladi.