Platina rudalari
Platina rudalari – tarki- bida platina metallari (Pt, Pd, Ir, Rh, Os, Ru) minerallari bo’lgan tabiiy hosilalar, tog’jinslari. P.r.ning kon ahamiyatidagi nisbatan katta uyumlari kamdan kam uchraydi. P.r. konlari tub yoki sochma bo’ladi, tarkibiga ko’ra esa, asosan, asl platinali va aralash (yoki kompleksli, ya’ni ko’pincha mis va mis b-n nikelli sulfid rudalar tub, oltin b-n platinaning sochma hamda oltin b-n osmiyli sochma) konlari kiradi. Konlar- da platina metallari, odatda, notekis tarqalgan, rudalar tarkibida foydali metall miqdori har tonnada bir necha g dan kg gacha o’lcha-nadi. P.r.da platina elementlarining asosiy shakli ularning o’z minerallaridir (100 dan ortiq mine- rallari ma’lum). Ko’proq uchraydiganla- ri: temirli platina (Pt, Fe), izoferro- platina (Pt3Fe), platina, tetraferropla- Tina (PtFe), osmirid, iridosmin, frudit (PdBi2), geversit (PtSb2), sperrilit (PtAs2), laurit (RuS2), Xoll i n-guortit (Rh, Pt, Pd, Ir) (AsS)2 va b. P.r. tub konlari turli shaklda bo’lgan kompleks platinali sulfid rudalari, asl platinali xrom rudalari massiv- lari va xol-xol qo’shimchalardan iborat. Bu turdagi ruda tanalari asosli va o’ta asosli jinslar intru-ziyalari b-n Ge- netik va fazoviy boglik bo’lib, asosan, magmatik tipda paydo bo’lgan jinslarga mansub. Bu tipdagi konlar platformali va burmalangan oblastlarda uzok, vaqt mobaynida rivojlanayotgan yirik chuqur tektonik yoriklar b-n bog’liq, ular 0,5— 1,0 dan 3-5 km gacha chuqurlikda joylash- gan. Mis-nikelli sulfid P.r. kompleks konlari hoz. qazib olinayotgan platina- li metallar xom ashyo manbalari ora-si- da etakchi o’rin egallaydi. Bu tipdagi konlarda asosiy platinali minerallar pirrotin, xalkopirit, pentlandit, ku- banitlardir. Mis-nikelli P.r.ning PLA- Tina guruhiga mansub asosiy metallari — platina va undan ko’proq palladiy (Pd:Pt 1,1:1 dan 5:1 gacha). Rudalar tar- kibida boshqa platinali metallar juda kam uchraydi. P.r. sochma konlari, asosan, mezozoy va kaynozoy sistemalariga mansub PLA- Tina va osmiyli iridiy sochmalaridan iborat bo’lib, erning yuzasigacha chiqadi, ba’zan 10-30 m qalinlikdagi chukindi jinslar ostida joylashadi. Bu tipda- gi konlar platinali klinopiroksenit- dunitli va serpentin it-gersburgitl i massivlarni emirilishi natijasida hosil bo’ladi. Ba’zan sanoat ahamiyatiga molik sochma konlar genetik tub jin – slarda joylashgan bo’lib, elyuvialal- lyuvial va elyu-Vial-delyuvial turlarga ajratiladi. Alloxton allyuvial plati- na sochmalari tub jinslardan alohida joylashib, 11 -12 m chuqurlikda bo’ladi, uzunligi o’nlab km ga, eni bir necha yuz m ga cho’ziladi. Sochma konlarda faqat platina metallarining minerallari olinadi. Bu konlarda ko’pincha platina minerallari uzaro yoki xromit, olivin, serpentin, klinopiroksen, magnetit b-n Birlashgan holda uchraydi. P.r. konlarda ochiq va er osti usulla- rida qazib olinadi. Sochma konlarining aksari va ba’zi tub konlari ochiq usul- da qazib olinadi. Jahondagi platina metallari resurslari (platina — 65%, palladiy — 30-32%), asosan JAR, AQSh, Zimbabve, Kanada, Rossiya, Kolumbiya, Finlyandiya mamlakatlarida joylashgan. O’zbekistonda tarkibida platina me- tallari bo’lgan minerallar asosli va o’ta asosli magmatik tog jinslari b-n xromitlar, mis-nikelli-sulfidli, ti- tanmagnetitli va b. rudalar assosiasi- yasi shaklida uchraydi. Bunday intruziv massivlar Tomditov, shim. Nurota, Bel- tov, Sultonuvays tog’lari va b. joylarda topilgan. Bu konlar ru-dalarida platina (0,4 dan 25 g/t gacha), palladiy (0,24 dan 22 g/t gacha), ruteniy, rodiy, iridiy, osmiy bo’lib, platinoidlarning asosiy qismi (92— 99,2%) sulfidli minerallanish zo-nalariga mansub va asl platina mine- rallari (poliksen, kuperit, sperrilit) tarkibida xol-xol shaklda qo’shilgan. Undan tashqari, uranvanadiyli shtok- verkli (Jonto’r, rudali), oltin-kvarsli (Muruntov, Metenboy, besa-pantov), ol- tin-sulfid-kvarsli (Mar-Jonbuloq, Qo’shbuloq), oltinkumushli (Kosmanachi), mis-porfirli (Qalmoq-qir, uzoq) va kam mikdorida kolchedanli-polimetall (Xondiza, qorason) hamda kumushli-po- limetall (Lashkarak va b.) konlarida 13,61 g/t gacha Pt, 8,74 g/t gacha Pd, 4,22 g/t gacha Os, 0,11 g/t gacha 1g va b. borligi anikdangan. Ad.: Rudnie mestorojdeniya Uzbeki- Stana, T., 2001.