Platon (Platon) Afinalik

Platon (Platon) Afinalik, Aflo- tun (haqiqiy ismi Aristokl; mil. AV. taxm. 427.27.5 — Afina — 347) — yunon faylasufi, platonizm asoschisi. So- kratttg shogirdi. Sokrat unga «P.»(keng elkali, keng ko’krakli degan ma’noni be- radi) deb nom qo’ygan. P. mashhur fayla- suflar b-n yoshligidan mulo-qotda bo’lib, ulardan ta’lim oldi. Geraklit, Parme-nid, Demokrit va b. faylasuflarning asarlarini o’rgandi. Mil. AV. 380 y.larda Afina yaqinidagi Akademiya nomli bir bog’ni sotib oladi (bu nom shu erlik afsonaviy qahramon akadem sharafiga berilgan) va bu bog’da o’zining P. akade- miyasi deb atalgan falsafiy maktabini tashkil etadi. Akademiya Afinada deyar- li 1000 y. faoliyat ko’rsatadi. Unda Ari- Stotel ham o’qigan. Akademiyada faqat falsafadan emas, geom., astronomiya, geogr., zool. va botanikadan ham ta’lim berilar edi. Biroq siyosiy ta’lim Mar- kaziy o’rinda edi. Ta’lim ma’ruzalar, munozaralar va suhbatlarga asoslanar- Di. Har kuni gimnastika mashg’ulotlari o’tkazilardi. P. falsafasining asosiy mohiyati — «g’oya» («eydos»)lar haqidagi ta’limo- tida bayon etilgan. Uning fikricha, g’oya haqiqiy borliq, biz biladigan va yashay- digan dunyo uning soyasidir. Haqiqiy o’zgarish va taraqqiyot g’oyalar dunyosi- ga xos, soyalar dunyosidagi hara-kat esa uning in’ikosidir. G’oyalar du-nyosining qonuniyatlarini hamma ham bila olmay- Di. Ularni biladigan zotlar juda kam uchraydi, bu zotlar ulkan akl egalari bo’ladi. Aksariyat kishilar soyalar du- nyosi b-n kifoyalanadi. P. g’oyalar dunyo- sini narsalar dunyosidan ustun qo’yadi, chunki g’oyalar dunyosi ideal narsalardir. Inson g’oyalar dunyosi b-n soyalar dunyosi o’rtasidagi zotdir. Uning ruhi g’oyalar dunyosiga, jismo-niy tanasi soyalar du- nyosiga mansubdir. Shuning uchun ruh va tana birligidan iborat odam 2 olamga tegishlidir. Ruh insonning haqiqiy qismidir. Biz hayot deb ataydigak nar- sa ruh jismoniy ta-nada yashaydigan vaqtdir. P.ning bilish nazariyasi uning g’oyalar haqidagi na-zariyasiga asoslana- Di. Bilish — anam-nesis, ya’ni jonning eydoslar haqidagi xotirasi. Eydosga bo’lgan muhabbat (Eros) ma’naviy yuksa- lishga undaydigan sababdir. P. pedagog va tarbiya nazariyotchisi sifatida xam mashhur. Fu-karolarni tar-biyalash davlatning asosiy va- zifalaridan deb hisobladi. Uning fikricha, bolalar qayotining birinchi kunidanoq maxsus muassasalarda tar- biyalanishi kerak: 3-7 yoshda o’yinlar maktablaridagi uylar yoki bog’chada ta’- lim olishi; 7-17 yoshda maktabda yozuv, o’qish, musiqani o’rganishi; 17-20 yoshda har-biygimnastik ta’lim olishi; 20— 30 yoshda kelajakda hukmdor uchun zarur bo’lgan falsafiy ta’lim olishi lozim. P. qarashlarida jamiyat, davlat to’g’ri- sidagi ta’limot Markaziy o’rinlardan birini tashkil qiladi. U davlat fuqarolarini 3 tabaqaga bo’lgan: 1-tabaqa — davlatni boshqarib turadigan Donish- mand hukmdorlar; 2-tabaqa — davlatni dushmandan himoya qiladigan harbiylar; 3-tabaqa — davlatni va yuqoridagi 2 ta-baqani moddiy jihatdan ta’minlab turadigan deqqonlar va hunarmandlar. P. davlat boshqaruv shaklini oliy hoki- miyat tanho amalga oshiriladigan monar- xiyata, tor doiradagi cheklangan shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan Aris- tokrashiyaga, butun xalq hokimiyatni boshqaradigan demokratiyaga ajratadi. P. 4 asosiy fazilatni farq kiladi: do- nishmandlik, mardlik, akl b-n ish qilish va eng asosiysi — boshka fazilatlar o’rnini to’ldiradigan va qo’shilib ketadi- gan fazilat — adolat. P.ning ideal dav- lat to’g’risidagi orzulari asosida adolat g’oyasi yotadi. Uningcha, jamiyat barcha a’- zolarining Odil jamiyatdagi qonunlarga bo’ysunishi ijtimoiy ta-raqqiyotning asosiy garovidir. Qaerdaki qonunlar hokim ustidan hukmron bo’lsa, hokimlar esa qonunga qul bo’lsa, o’sha davlat gullab yashnaydi. Agar davlat qonunlar ustidan yaroqsiz hokimiyatni o’rnatib qo’yadigan bo’lsa, u holda qonun hech qanday foy- da bermaydi, aksincha, davlat uchun juda katta zarar keltiradi, deb ta’kidlaydi. Uning fikricha, iqtisodiyot polis (dav- lat)ning gullab yash-nashi yoki tanazzuli omili hisoblanadi. I.ch. siyosatni emas, siyosat i.ch.ni bo-shqarishi kerak. Jami- yatni barqaror holatdan chiqaradigan har qanday o’zgarishlarga yo’l qo’yilmasligi zarur. P.ning estetik qarashlarida borliq, hayot «abadiy g’oya»larning taqlidi, nusxasi; san’at esa borliq, hayotning taqlidi, ya’ni taklidga taqlid, degan xulosaga asoslangan. U xudolarga bo’lgan e’tiqodni qo’llab-quvvatlagan, Xudo- sizlarni qrralagan, davlatni boshqa- ruvchilar xudojo’y bo’lishlari kerak, deb hisoblagan. Falsafa tarixida P. ta’limoti turlicha qabul qilingan. Unga «ilohiy ustoz» (antik davr), xristian dunyoqa- Rashining muboshiri (bobosi), sof sevgi faylasufi va siyosiy xayolparast (Uyg’onish davri) sifatida qaralgan. P.dan 30 ga yaqin katta va kichik asar qamda xatlari saqlanib qolgan. Asar- lari dialog shaklida yozilgan. Ular- dan muhimlari: «Apologiya» (Sokrat- ni qimoya qilish), «Kriton» (qonunni hurmag qilish haqida), «Laxet» (mardlik haqida), «Xarmid» (aql b-n ish qilish haqida), «Menon» (notiqlik san’ati mohiyati haqida), «bazm» (Eros haqida), «Fedr» (eydoslar haqidagi ta’limot), «Fedon» (adolat haqida), «Davlat» (ado- lat haqida), «Teetet» (bilim haqida), «Timey» (kosmologiya), «qonunlar», «Si- yosatdon», «Fileb» va b. P.ning asarlari asrlar davomida G’arbda, Sharqda ma’lum va mashhur bo’lgan, ko’p tillarga tarjima qilingan, ularga sharxdar yozilgan. «Dav- lat» asariga Ibn Rushd, «qonunlar»ga Forobiy sharhi e’tiborga loyiq. Foro- biyning sharhi «Talxi-Su navomisi Af- lotun» («Aflotun qonunlari mohiyati») deb ataladi. Bu asar 1993 y. «Fozil odamlar shaxri» kitobida nashr etilgan. 2002 y. Aflo-tunning «qonunlar» asari Toshkentda uzbek tilida nashr etildi. Yozuvchi omon Muxtorning «Aflotun» ro- mani chop qilindi (T., 1998). Abdulla Ayupov.