Plazmon

Plazmon — plazma zichligi va qattiq jism plazmasi tebranishlari Kvanti, kvazizarralar. Bunda har xil ishorali zarralar (elektronlar va ionlar) bir-biriga nisbatan siljib, plazmada elektr maydoni zo’riqishlari tebranishlarini vujudga keltiradi. Plazmon energiyasi metallda elektronlar energiyasining yo’qotish xarakteristikasidan, shuningdek, Plazmon chiqarayotgan yorug’lik nurlanishining spektrini tahlil qilishdan o’lchanadi.