Plevrit

Plevrit — plevranit yallig’lanishi. Ko’pincha o’pkaning yallig’lanishi oqibatida, ba’zan revma- tizm, sil, yuqumli va allergik kasal- liklar na-tijasida, ayrim hollarda esa ko’krak qafasining jarohatlanishi oqibatida yuzaga keladi. P. quruq va ekssudatam bo’ladi. Quruq P.da plevra pardalari qalinlashadi va gadir-budur bo’lib qoladi. Ekssudatli P.da plevra pardalari orasiga suyuklik to’planib, u tiniq, qon yoki yiring aralashgan bo’ladi. P. ko’pincha bir taraflama, ba’zan esa ikki taraflama bo’lishi mumkin. O’tkir P. ko’pincha ko’krak qafasida og’riq b-n boshlanib, yo’talganda, chu- qur nafas olganda zo’rayadi, bemor dar- monsizlanib, t-rasi ko’tariladi. Og’riq yallig’langan, notekis plevra pardala- rining nafas olish vaqtida bir-biriga ishqalanishi natijasida yuzaga keladi. P.da bemor ko’proq kasal tara-fida yon- boshlab yotadi. Plevra bo’shlig’ida ko’p suyuqlik to’planishi oqibatida nafas olish qiyinlashadi, bemorning rangi oqara- Di, lab, yonoqlari ko’karadi va yuzaki na- fas ola boshlaydi. P.ning kechishi va davom etishi asosiy kasallikning tabiatiga bog’liq. Qu-ruq P. bir necha kundan so’ng tuzalib ke-tadi. Ekssudatli P. esa 2-3 hafta davom eti- shi mumkin. P.ning juda og’ir o’tadigan turlaridan biri yiringli forma-sidir. Bunda bemorning t-rasi ko’tariladi, er- talabki va kechki t-rasi o’rta-sida katta farq bo’ladi, u terlaydi, darmonsizlana- Di, nafasi qisadi, yo’taladi. Kasallikning o’tkir, boshlang’ich dav- rida bemor qimirlamasdan yotishi ke- rak. Uning ovqatlari yuqori kaloriyali, vitaminlarga boy bo’lishi lozim. P.ning oldini olishda sanitariya va gigiena qoidalariga rioya qilish, orga- nizmni chiniqtirib borish kerak.