Pliosen

Pliosen (Yunoncha pleion — nisbatan ko’p sonli, ko’proq va kainos — yangi) — neogen sistemasi (davri) ning yuqori bo’limi, yerning geologik tarixidagi Neogen davrining so’nggi epoxasiga to’g’ri keladi. Pliosen 2 milliondan 7 million yilgacha bo’lgan vaqtni o’z ichiga oladi. Pliosenni 1833 yilda Ch. Layel ajratgan. Farg’onada Baqtriya seriyasi ajratiladi, u, o’z navbatida, togap va Andijon svitalaridan tarkib topgan. O’zbekistonning Janubi-g’arbida va Surxondaryo viloyatida G’uzor svitasi ajratilgan. Pliosen yotqiziqlari gil, qum, qumtosh, alevrolit va hokazo jinslardan iborat. Pliosen yotqiziqlarida yirik neft konlari ochilgan: Masalan, Farg’onaning Janubidagi Bo’ston, Andijon, Xo’jaobod, Polvontosh, shimolda Moylisuv, Izboskan va boshqa konlar.