Plutarx

Plutarx (Plutarchos) (taxm. 46, Xe- roneya, Beotiya — taxm. 127) — qad. Yunon tarixchisi, faylasuf va yozuvchi. Afinada tahsil olgan. Umrining ko’p qismini ona shahrida jamoat va ma’rifatparvarlik ishlari b-n o’tkazgan. Platon akademiya- sining ko’zga ko’ringan a’zolaridan biri sifatida platonizm g’oyalarini targ’ib qilgan.Ayni paytda muayyan darajada stoisizm, peripatetizm va, jumladan, pifagoreizm ta’siri ostida ham qolgan. P. ta’limotida ko’proq axloq-odob, in- sonparvarlik masalalari etakchilik qilgan va olim falsafani insonlar uchun o’z-o’zini ma’naviy shakllantirish vositasi deb bilgan. P.dan boy adabiy va falsafiy meros qolgan. Biroq uning nomini mashhur etgan etakchi meros — tarixiy-biografik asarlar xisoblana- Di. Ushbu asarlar «qiyosiy hayotnomalar» umumiy nomi b-n Shuhrat topgan. Mazkur asarlarda Lisandr va Sulla, Kiton va Li- kull, Nikiy va Krase, Agesilay va Pom- Pei, Aleksandr va Tsezar, Demosfen va Tsitseron singari mashhur yunon, Rim dav- lat va siyosiy arboblari, sar-kardalari va notiqlarining hayot yo’llari, xulq- atvori, turmush tarzini qiyoslash yo’li b-n tarjimai hollari bayon qilingan. Badiiy-tarixiy ahamiyatga molik P. bio- grafik asarlarida qad. Eron, Parfiya va Sug’diyona singari Sharq mamlakatlari ijtimoiy-siyosiy hayotiga doir ma’lu- motlar ham yoritilgan. P. ilgari surgan insonparvarlik, ma’rifatparvarlik g’oyalari keyingi davrlarda anchagina ilg’or tafakkur vakillariga ma’lum da- rajada o’z ta’sirini o’tkazgan. As: Izbrannie jizneopisaniya, t. 2, M., 1990.