Pnevmotransport

Pnevmotransport (pnevmo… va transport) — sochiluvchan va donali materiallar (bug’doy, un, paxta va b.) ni havo yoki gaz kuchi b-n tashishga im-kon beradigan qurilmalar majmui. Havo yoki gazning tortish kuchini vujudga keltirish uchun ventilyator (nasos)lar- dan foydalaniladi. P.ning so’radigan, haydaydigan va aralash xillari bor. P. yuklash mexanizmi, quvurlar, materialni havodan ajratadigan qurilma (separa- tor), kompressor va avtomatik boshqarish asboblaridan ibo-rat. Yuklash (materi- alni quvurga yunaltiruvchi) uskunala- rining vintli va kamerali xillari keng tarqalgan. Ish unumdorligini oshirish uchun aralash (vintli va kamerali) P. ishlatiladi. P. sanoatda, qurilishda (kukunsimon, donali va bo’lakli yuklar, tsement, kumir kukuni, kul, kum va b. ta- shish) va b. joylarda qo’llanadi. Paxta terish va ko’rak chuvish mashinalarida xam P. bor.