Pnompen

Pnompen — Kambodja poytax- ti, Tonlesap daryosining Mekong Daryo- siga quyilish joyidagi port. Iqlimi subekvatorial, mussonli ikdim. Yanv. ning o’rtacha t-rasi 24,6°, iyulniki 27,5°. Yillik yog’in o’rtacha 1470 mm. Aholisi 920 ming kishi (1990-y.lar o’rtalari), aksari Kxemerlar. Transport yo’llari tuguni. T.y. orqali Kampongsaom porti va Bangkok sh. b-n bog’langan. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Kema va avtomo- bil ta’mirlash, tayyor qismlardan AV- tomobil yig’ish, oziq-ovqat, yog’ochsozlik, tamaki, to’kimachilik sanoati korxonala- ri, issiqlik elektr styasi bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Rivoyatga ko’ra, P. 14-a.da vujudga kel- gan. 1443 y.dan mamlakatning vaqtvaqti b-n, 1866 y.dan esa doimiy poytaxti. Me’moriy yodgorliklaridan Pnom ibo- datxonasi, Qirol saroyi majmuasi va b. saqlangan. P. — mamlakatning madaniy va ilmiy markazi: 3 un-t, oliy texnika in-ti, iqtisodiyot in-ti va b. oliy o’quv yurtlari, ilmiy jamiyatlar, muzeylar, kutubxonalar, teatrlar bor.