Po
Po — Italiyadagi eng katta dare. Uz. 652 km, havzasining mayd. 75 ming km2. G’arbiy Alp tog’laridan boshla- nib, ko’p qismi Padana tekisligidan oqadi va Adriatika dengiziga botqoqli Delta (mayd. 1,5 ming km2) hosil qilib quyiladi. Vodiysi keng, o’zani egri-bu- gri. Daryoga juda ko’p irmoklar qo’shilgan, Delta qismida esa tarmoqlarga bo’linadi. May—iyun va okt,— noyab- rda to’lib oqadi, tez-tez toshib turadi. O’rtacha suv sarfi quyilish jo-yida 1460 m3/sek. Dare dengizga yiliga 46 km3 suv, 13-15 mln. t oqiziqkel-tiradi. P.dan sug’orishda foydalaniladi. GESlar qurilgan. Quyilish eridan Pyachentsa sh.gacha kema katnaydi. Irmoklari va ka- nallar orqali Lagomajore, Komo, Garda va b. ko’llar b-n tutashgan. Dare bo’yidagi yirik sha-harlar: Turin, Pyachentsa, kre- Mona va b.