Podolsk

Podolsk — Rossiya Federatsiyasi Moskva viloyatidagi shahar (1781 yildan), paxra daryosi sohilida. Moskvadan 43 kilometr Janubdagi temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 197 ming kishi (1998). Mexanika (tikuv mashinalari), mashinasozlik (bug’qozonlari va boshqalar), qishloq xo’jalik mashinalari, akkumulyator, kabel zavodlari, rangli metallurgiya, qurilish materiallari korxonalari va boshqalar bor. Podolskning sanoati 19-asrning oxiridan rivojlana boshladi (tsement zavodi, tayyor qismlardan «Zinger» tikuv mashinalari yig’ish zavodi va boshqalar qurildi).