PODSHO PIRIM MAJMUA SI

PODSHO PIRIM MAJMUA SI — Farg’ona viloyati Buvayda tuma- nidagi me’moriy yodgorlik. Dastlab Farg’ona vodiysida Islom dinini targ’ib qilgan Shoh Jalil qabri ustiga sag’ana qurilgan, keyinchalik atrofida P.P.m. barpo etilgan. Majmua 2 hovlidan ibo- rat. Birinchisida peshtoq-gumbazli dar- vozaxona (15-a.) hamda uning yon tomoniga qurilgan maejid (20-a.), ikkinchisida 15— 16-a.larga oid qabr va sag’analardan iborat maqbara bor. Maejid to’g’ri to’rtburchak tarhli xo- naqoh, shifti mahalliy me’morlik uslu- bida o’ziga xos bezakdor qilib ishlangan. 3 tomoni ayvondan iborat. Ayvon Shif- tini 44 ustun ko’tarib tu-radi. Pog’onali qilib bir tomonlama qurilgan maqbara (18x8m), shim.-Jan. o’qi bo’ylab joylash- gan Chortoq tarhli ziyoratxona (5,2×5,2 m) va go’rxona (4,3×4,3 m) dan iborat. Ziyorat- xona devori sathiga chuqur ravoqli tok- chalar ishlangan. Xona ichi ganch suvoqli, ravoqsimon darchalar orqali xonaga yorug’lik tushadi. Darchalarga panjaralar ishlangan. Ikki tabaqali yog’och eshiklar yassi o’yma naqshlar b-n bezatilgan.