Pogonoforalar

Pogonoforalar (Pogonophora) — umurtqasiz hayvonlar tipi. Dastlab 1914 y.da topilgan. Shakli ipsimon, uzunligi bir necha sm dan 1,5 m gacha, XI- tin nay ichida joylashgan. Gavda bo’shlig’i tselom, ichagi bo’lmaydi. Asosan, gavda bo’shlig’ida uchraydigan ol-tingugurt bak- teriyalari sintezlaydigan organik mod- dalar hisobidan oziqlanadi. Ayirish organlari — tselomoduktlar 1 ta segmen- ti bo’shlig’iga ochiladi. Paypaslagichla- ri orqali na-fas oladi. Qon aylanish sistemasi yopiq, yuragi qorin tomonda. Nerv sistemasi nerv tugunlari to’plami — miyadan va qorin terisi epiteliy- sida joylashgan bo’ylama nerv stvoli- dan iborat. Ayrim jinsli. Tuxumdan 2 ta kiprik belbog’li va ichakli lichinka chiqadi, keyinchalik ichak so’rilib keta- Di. 2 sinf: frenulyatlar, ya’ni suvlikli- lar (150 tur) va afrenulyatlar, ya’ni suv- sizlilar (2 tur) sinflariga ajratiladi. Dengiz tubida, odatda, 3 dan 10 km gacha chuqurlikda o’troq yashaydi. Tuzilishi birlamchi hamda ikkilamchi og’izlilarga o’xshab ketadi.