Po’lat
Po’lat (fors.-toj.) — temirning uglerod (2% gacha) va b. elementlar b-n qotishmasi. Odatdagi texnik P.ning tarkibi — 0,05—1,5% uglerod, 0,4% gacha kremniy, 0,1 — 1% marganes, 0,08% gacha oltingugurt, 0,1% gacha fosfor va 96,92—99,27% temirdan iborat. Sano- atda ishlab chiqariladigan P.lar tarki- bida doimiy qo’shilmalar: kremniy Si, marganes Mp, oltingugurt S va fosfor R bo’ladi. P.ning cho’yandan farqi shuki, cho’yan tarkibida uglerod 2% dan ortiq, doimiy qo’shilmalar ham ko’proq bo’ladi. P. toblanganda uning fizik-mexanik xossalari keskin o’zgaradi, qattiqligi va mustahkamligi ortadi, bolg’alanuvchan bo’lib qoladi (q. Po’latni toblash). Ki- myoviy tarkibidagi uglerod va legir- lovchi elementlar miqdo-riga qarab, P. uglerodli va legirlangan xillarga bo’linadi. Uglerodli P.ga (tarkibida ugleroddan tashqari 0,7% gacha marganes, 0,37% gacha kremniy, 0,04% gacha oltin- gugurt va 0,035% gacha fosfor bo’ladi) qurilish va mashinasozlik po’lati; as-bobsozlik po’lati kiradi. Legirlangan po’lat jumlasiga kam (legirlovchi ele- mentlar 2,5% gacha), o’rtacha (legirlovchi elementlar 2,5—10% gacha), yuqori Le- girlangan (legirlovchi elementlar 10% dan ortiq) P.lar kiradi (q. Legirlangan po’lat). Ishlatilishiga qarab, qurilish (prokat) va mashinasozlik (konstruk- tsion), asbobsozlik, alohida xossali xillarga bo’linadi. Alohida xossali P. zanglamaydigan va kislota-bardosh, issiqbardosh, eyilish va emirilishga chidamli, magnit xususiyatli va b. sifat- larga ega bo’ladi. P. suyuq, plastik va qagtiq holatda ishlab chiqarilishi mumkin, lekin aso- san, suyuq holatda ishlab chiqariladi. Suyuq P. Konverter, Marten pechi, elektr pechi, tigel va b. pechlarda oli-nadi. Plastik P. pudlinglab olinadi (q. Pud- linglash). Qattiq holatdagi P. temir rudasini baraban shaklidagi pechlarda qaytarib yoki elektroliz qilib olinadi. Xom ashyo sifatida domna cho’yani va temir-tersaklar ishlatiladi. Ular pech- da qizdiriladi. Kimyoviy reaktsiya na- tijasida cho’yan va temir-tersaklar tar- kibidagi S, Si, Mp, R va S oksidla-nib temirning kaytarilishi natija-sida P. hosil bo’ladi. Lozim bo’lsa (mas, Le- girlangan po’lat olishda), P. tarki-biga zarur kimyoviy elementlar qo’shiladi. Fosfor va oltingugurt P.ning xossala- riga salbiy ta’sir etgani sa-babli P. ulardan tozalanadi (Rafina-tsiyalanadi). Bunda asos xarakterli flyusdan foyda- laniladi. P.ni qaytarish, ya’ni uning tarkibi- dagi kislorod mikdorini kamaytirish uchun suyuq P.ga qaytaruvchilar (tarki- bida Mp, Si, Al, Ca bo’lgan qotishmalar) qo’shiladi. Ular temir OK-sidi tarkibi- dagi kislorod b-n birikib, uni tozalay- Di. Qaytarish diffuziya yordamida ham bajarilishi mumkin. Bu usulda kukun holida maydalanib tosh-qol (shlak) usti- ga solingan qaytaruvchilar toshqolda erib, tarkibidagi te-mirni qaytaradi. Bu esa, taqsimlanish qonuniga bi- noan, P. tarkibidagi temirning ham qaytarilishiga sabab bo’ladi. P. ishlab chiqarish tayyor ggo’latni kovshlar yorda- mida maxsus metall qoliplarga kuyish b-n yakunlanadi. Dunyo miqyosida P. ishlab chiqarish barcha metallar umumiy miqdorining 20-25 foizini tashkil etadi. P. qurilish, mashinasozlik, asbobsozlik va b. sohalarda qo’llaniladigan asosiy ma- terial hisoblanadi.