Po’latova Naima Qudratovna
Po’latova Naima Qudratovna (1939.4.6, Toshkent) — aktrisa, xonan- da (soprano). O’zbekiston xalq artisti (1997). Toshkent teatr va rassomlik san’- ati in-tini tugatgan (1963). 1958 y.dan Muqimiy teatrida ishlaydi. P., asosan, lirik qahramonlar ijrochisi bo’lib, sev- gi sanamlarining iztiroblari, ularning ichki kechinmalarini ham dramatik, ham musiqiy talqinda tomoshabinga Mohiro- na etkazish, onalarga xos mushfiqu-meh- ribonlik, bardoshlik, uning psixologik va dramatik holatini ifodalashda o’ziga xos ijrosi b-n ajralib turadi. Nur- xon («Nurxon»), Alima («Momo er»), Zulxumor («Ravshan va Zulxumor»), oy- parcha («No-dira»), Shirin («Farhod va Shirin»), Xolisxon («paranji sirla- ri»), Gulruh («Navoiy Astrobod-da»), Obida («Mavlono Muqimiy»), Hayotxon («Farg’ona tong otguncha»), amal («Guli siyoh»), Jamila («Devona»), ona («mangu Mash’al», «to’ydan keyin tomosha») kabi rollari b-n ta-nilgan. Xonanda sifati- da «Munojot», «aylanay», «aqli raso bo’lsin», «Fi-g’onkim», «Sevgi nido- si», «qarshi gullari», «Otmagay tong», «Abdurahmonbegi» va b. mumtoz va za- monaviy qo’shiklarni ijro etgan. Fil- mlar («Kelinlar qo’zg’oloni», «o’zganing baxti», «To’ylar muborak», «karaxtlik», «Mehrobdan chayon» kabi)da ham suratga tushgan.