Poliakrilatlar
Poliakrilatlar — akril kis- lota efirlarining polimerlari. Umu- miy formulasi [—SN2—C(R’)(COOR)-] n, bu erda R’—N yoki SN,; R — alkil yoki aril radikali. P.ning ba’zilari kat-tik, kayishqok, shaffof, ba’zilari ancha yumshoq, kauchuksimon, mumsimon mahsulotlar. Ultrabinafsha nurlarini o’tkazish xossasi kvarsnikiga yaqin, zich- ligi 1150-1250 kg/m3. Kimyoviy jixat- dan barqaror, yorug’lik, kislorod, benzin va moylar ta’siriga chi-damli, organik erituvchilar va o’zlarining monomerla- rida yaxshi eriydi. Akrilatlarni suv- li muhitda (emulsiya usuli), massada (blokli usul) va erituvchida peroksid inisiatorlar ishtirokida polimerlash usuli b-n olinadi. P. tibbiyotda, mas, kontakt linzalari, sun’iy tishlar va b. Pro-tezlar tayyorlashda, suvli dispersi- yalari teriga ishlov berish, qog’oz, taxta va matoga shimdiriluvchi tarkiblar si- fatida, lok-bo’yoq materiallar va elim- lar olishda qo’llanadi.