Poliembrioniya
Poliembrioniya (poli… va em- Brion), hayvonlarda — bitta zigotadan bir necha embrion (egizak)ning rivojla- nishi. 1 ta tuxumdan hosil bo’lgan egiza- klar 1 ta jinsga mansub bo’ladi. P.ning muayyan tur uchun xos maxsus va tasodifan sodir bo’ladigan sporadik xillari mav- jud. Spesifik P. mshankalar, yaydoqchi pardaqanotlilar, sovutli sut emizuvchi- lar uchun xos. M., ayrim yaydoqchilarning 1 ta tuxumidan 3000 ga yaqin lichinka, so- vutlilarda 7— 9 tagacha embrion rivoj- lanadi. Spora-Dik P. barcha hayvonlar uchun xos, ayniqsa, gidroid poliplar va yomg’ir chuvalchanglarida ko’p uchraydi. Umurtqali hayvonlar va odamda spo- Radik P. murtakning gastrulyasiya dav- rida yoki undan oldin bir necha qismga bo’linib, har bir qismning mustaqil rivojlanishidan kelib chiqadi. Odamda sporadik P. orqali 2-5 ta 1 ta jinsga mansub genetik jihatdan bir xil egiza- klar tug’ilishi mumkin. O’simliklarda P. — 1 ta urug’da bir necha murtakning rivojlanishi. Haqiqiy P.da murtak xaltasida 1 ta zigotadan bir necha murtak rivojlanadi (ayrim Lola- larda). Soxta P. urug’kurtakda bir necha murtak xaltasi (qulupnay) yoki 1 ta Mur- tak xaltasida 4 tadan 1 ta emas, bir necha megaspora rivojlanishi b-n bog’liq.