Polietilentereftalat

Polietilentereftalat – sintetik polimer; oq yoki och-qizg’ish rangli modda. Suyuqlanish temperaturasi -265°; fizik-mexanik xossalari yuqori. Atseton, etilasetat, ksilol, muz holatidagi sirka kislota va boshqalar ta’siriga chidamli. Fenolda eriydi. 100°dan yuqorida ammiak va ishqorlarning eritmalari Polietilentereftalatni parchalaydi. Polietilentereftalatdan plyonkalar, mikroorganizmlar va kuya tushmaydigan sintetik tolalar, radiodetallar, kimyoviy jihozlar va boshqalar tayyorlanadi.