Poligalit

Poligalit {poli… va hals — tuz) — sulfatlar sinfiga mansub mineral. Kaliy, kaltsiy va magniyning suvli sulfati. Kimyoviy tarkibi K2Ca2Mg (SO4)4 – 2N2O. P. da 15,62% K2O, 18,6 Sao, 6,69% MgO, 53,11% SO3, 5,9 N2O bo’ladi. Triklin singoniyada kri- stallanadi. Ko’pincha donador, ba’zan tolali agregat holida uchraydi. Rang-siz, oq, kulrang, ba’zan gematit va gyotit ara- lashganda qizilsarg’ish bo’ladi. Shishasi- mon yaltiroq, smolaga o’xshash. Qattikligi 2,5—3,5; zichligi 2720-2780 kg/m3. Suv ta’sirida parchalanib, gips ajralib chiqadi. Qizdirilganda tarkibidagi suvni yo’qotib, yumaloqbo’lib qoladi. Cho’kindi tuz konlarida keng tarqalgan. Kaliyli o’g’it tayyorlashda ishlatiladi. O’zbekistondagi tuz konlarida uchraydi.