POLIGENIZM

POLIGENIZM {poli… va …genez) -odam irklari o’rtasidagi farq kat- taligi, irklar bir-biridan mustaqil holda kelib chiqqanligi va har xil bio- logik turlar ekanligi to’g’risidagi dunyoqarashlar sistemasi. P.ga xos xato tasavvur odam irklarining yaxshi o’rganilmaganligi sababli kelib chiqqan. 19-a.ning oxiri va 20-a. boshlarida reak- tsion olimlar P. haqidagi qarashlardan irqiy nazariyalarni asoslash uchun foy- dalanishgan (mas, AQShda, ayniqsa, 1861-65 y.dagi grajdanlar urushi, Germaniyada 2-ja-hon urushi davrida). P.ning asossizligini hoz. odam irkla- rining eng mu-him belgilari kompleksi (qo’llar, tovon, bosh miya va b.) bo’yicha o’xshashligi va irqlarning cheksiz ravish- da o’zaro aralashuvi isbotlaydi.