Poliginiya

Poliginiya (poli… va Yun. Gyne -xotin), ko’p xotinlilik— asosan, Pa- triarxatga xos bo’lgan nikoh shakli. Ayrim xalqlarda, ko’proq, mu-sulmon xalklarida saqlanib qolgan (q. Haram). Ba’zan P. poligamiya (ko’p nikoxlilik) shaklida ham qo’llaniladi. P. aslida gu- ruxli nikohning qoldig’i-dir, unda bir urug’ning barcha ayollari boshqa urug’ning barcha erkaklariga umumiy xotin hisoblangan. Keyinchalik davrlar o’tishi b-n jamiyat ishlab chikaruvchi kuchlari va madaniy hayot yuksalishi tufayli bir ni- koxlik — monogamiyaga o’tilgan. O’zbekistonda 20-a.ning 20-y.lari- dagi iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy o’zgarishlar natijasida ayollarning ijtimoiy mehnatga faol tortilishi, erkak va ayollarning amaldagi ten- gligi vujudga kelishi b-n xotinlar- ning erlarga iqtisodiy qaramligi yo’q qilingan. O’zbekiston Respublikasida ko’p xotinli bo’lish qonun b-n jazolana- Di (O’zbekiston Respublikasi JKning 126-moddasi). Yana. q. Katta oila, nikoh, Oila. Ochil Bo’riev.