Polimerlanish
Polimerlanish — quyi mo- lekulali modda (monomer)larning ko- valent bog’orqali birikib, yuqori mo- lekulali birikma (makromolekula)lar hosil qilish jarayoni. Makromolekula- ning elementar tarkibi (uning chek-ka guruhini nazarga olmaganda) monomer- ning tarkibidan farq qilmaydi. P.ning polikondensatlanishdan mu-him farqi ham ana shunda. Makromolekulada inisiatorlar ish- tirokida faol markaz (•) hosil qilish P.ning asosiy bosqichi hisoblanadi. Bu markaz reaktsiyaning o’sishini boshlab yuboradi va monomer molekulasini faol markazga qo’shadi. Agar bu markaz turg’un (uzoq vaqt mavjud bo’luvchi) bo’lsa, P. bosqichsimon deyiladi. Agar oraliq mahsulot turg’un bo’lmasa (qisqa vaqt mavjud bo’la olsa), P. zanjirsimon dey- iladi. P.da qatnashuvchi faol markazlar tabiatiga ko’ra, P. radikalli va ionli bo’ladi. P.da bir vaqtda 2 yoki undan or- tik, turli monomerlar qatnashishi mum- kin. Radikalli P. faqat zanjirli mexa- nizm bo’yicha boradi. Erkin radikallar oraliq faol mahsulotlarning funktsi- yasini o’taydi. Etilen, vinil-xlorid, vinilasetat, vinilidenxlorid, ftore- tilen, akrilonitril, me-takrilonitril, metilakrilat, metil-metakrilat, stirol, butadien, xlorop-Ren va b. radikalli P.ga kirishadigan monomerlarga man- subdir. Radikalli P.ni xona harorati va quyi t-ralarda amalga oshirish uchun oksidlanishqaytarilish inisiatorlash- dan foydalaniladi. Lab. amaliyotida fotokimyoviy inisiatorlash qo’llanadi. Radikalli P.ni u-nurlari, tezkor elek- tronlar, x-zarrachalar, neytronlar va h.k. ta’sirida hosil qilish ham mumkin. Bu usuldagi inisiatorlash radi -asion ki- myoviy inisiatorlash deyiladi. Radikalli P.da zanjir uzatilish re-aktsiyasining ahamiyati muhim. Bu- ning mohiyati shundaki, o’suvchi radikal biror molekula (zanjir uzatuvchi mole- kula)ning atomi yoki bir guruh atomini uzib oladi. Natijada o’suvchi radikal to’yingan valentli molekulaga aylanib, kinetik zanjirni davom ettirishga moy- il yangi radikal hosil qiladi. Ionli P.da oraliq faol mahsulotlar ionlar, ionlar jufti yoki qutblangan komplekslardan iborat. Ionli P. zan- jirli mexanizm bo’yicha ham, bosqichli mexanizm bo’yicha ham borishi mumkin. Zanjirsimon ionli P. kationli va anionli P.ga bo’linadi. Kationli P.da o’suvchi zanjir uchidagi reaktsiya ga ki- rishuvchi ionlar musbat zaryadli bo’ladi. Izobutilen, propilen, metilstirol, VI- nilalkil efirlar, izopren va h.k. mono- merlar kationli P.ga oson kirishadi. Kationli P.ni past t-Rada amalga oshi- rishda katali-zatorlar b-n komplekslar hosil qiluvchi sokatalizatorlar (suv, proton kislotalar, spirtlar, galogenal- killar, efirlar va h.k.) ishlatiladi. Tsianid viniliden, nitroetilen, akrilonitril, metakrilonitril, akril va metakril efirlar va h.k. anionli P.ga oson kirishadi. Koordinasion-ionli P. olinayotgan mahsulotlarning xossa- larini aniq tekshirishga imkon beradi. Butun dunyoda ishlab chikariladigan po- limerlarning 3/4 ga yaqin qismi P. ja- rayoni asosida olinadi. Ad.: Asqarov M. A., Jalilov A. T., Rashidova S. Sh., Trubitsina S. N ., Re- gulirovanie prosessa Radikalnoy po- limerizasii, T., 1975; Ismoilov I. I., Rafikov A. S, Donorno-AK-tseptorniy mexanizm polimerizasii, T., 2003. Isroil Ismoilov.